Yangiliklar ro'yxatiga qaytish “Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi 2025-10-08

“Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi

O‘zbekiston va Tojikistonning chegara hududlarida sog‘liqni saqlash tizimi bir qator jiddiy muammolarga duch kelmoqda: malakali mutaxassislar yetishmasligi, infratuzilmaning cheklanganligi, aholining sog‘liq bo‘yicha xabardorlik darajasining pastligi. Bu muammolar onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, infeksion kasalliklarning tarqalishi hamda ayollarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ana shu muammolarga javob sifatida “Xalqaro Konsilium” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Uni O‘zbekistonning “Eskulap” nodavlat notijorat tashkiloti va Tojikistonning “Pairohoi Khushbakhti” NNT hamkorlikda amalga oshirmoqda. Loyihani xalqaro tashkilot Search for Common Ground moliyalashtirmoqda — SEARCH dunyoning turli mamlakatlarida muloqot va hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslari bilan tanilgan.

Loyihaning rasmiy starti sog‘liqni saqlash tashkilotlari, mahalliy NNTlar va ikki davlatdan kelgan manfaatdor tomonlar ishtirokida o‘tgan ochilish konferensiyasi orqali berildi. Uchrashuvda tashabbusning asosiy maqsadlari muhokama qilindi:

sog‘liqni saqlash sohasida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash;

mutaxassislar malakasini oshirish;

ayollarni jamoat salomatligi va tinchlikni mustahkamlash loyihalariga jalb etish;

chegara hududlarida kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha barqaror tarmoq yaratish.

Konferensiya tajriba almashish, fikr bildirish va qo‘shma harakatlarni rejalashtirish uchun samarali maydon bo‘ldi. Ishtirokchilar tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aholining hayot darajasini yaxshilash yo‘lida kuchlarni birlashtirish muhimligini ta’kidladilar.

“Xalqaro Konsilium” loyihasi — bu O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari hamda tashkilotlarini yagona maqsad yo‘lida birlashtiruvchi qadam bo‘lib, u sog‘liqni saqlash tizimini yanada barqaror qilish, tajriba va bilim almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar
2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar

Tashkiliy konferensiyadan so‘ng, “Xalqaro Konsilium” loyihasi yangi bosqichni boshladi. Search...

O'qish
O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar
2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar

Xalqaro ekspertlardan ta’lim olganidan so‘ng, O‘zbekiston va Tojikistonning chegara hududlarid...

O'qish
Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.
2025-10-08

Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro konsilium” loyihasining muhim bosqichi yakunlandi. “Xal...

O'qish
Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди
2025-10-08

Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди

Қўқон шаҳридаги тез тиббий ёрдам шифохонасида замонав...

O'qish
Қўқон оилавий  поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди
2025-10-08

Қўқон оилавий поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди

Қўқон шаҳридаги поликлиникаларда беморларга қулайлик...

O'qish