Yangiliklar ro'yxatiga qaytish O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar 2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar

O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari uchun ishtirokni imkon qadar qulay va ochiq qilish maqsadida, Qo‘qon shahri (O‘zbekiston) hamda Konibodom shahri (Tojikiston) sog‘liqni saqlash boshqarmalari uchun zamonaviy texnik jihozlar xarid qilindi: videokameralar, noutbuklar, yirik ekranli televizorlar, akustik tizimlar va spikerfonlar. Ushbu uskunalar tufayli ikki mamlakat shifokorlari darslarga yuqori sifatda ulanib, ma’ruzachilarni aniq ko‘rish va eshitish, shuningdek, muhokamalarda faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Loyihaning ta’limiy hamkori sifatida "Central Asian Medical University (CAMU)" ishtirok etdi. Universitet yetakchi professorlarni jalb etib, xalqaro ekspertlarni ham taklif qildi. Ma’ruzalar quyidagi mutaxassislar tomonidan o‘qildi:
Rashad Sholan Farhadovich — tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon);
Magalov Islam Sherif o‘g‘li — tibbiyot fanlari doktori, professor, mammo-ginekolog (Ozarbayjon);
Ryabov Konstantin Yuryevich — tibbiyot fanlari nomzodi, professor, onkoginekolog (Rossiya);
Alimardonov Dilmurod Bekmurodovich — tibbiyot fanlari nomzodi, professor, onkoginekolog (O‘zbekiston);
Ismoilova Shoira Tolkinnovna — Farg‘ona shahar shifoxonasining ginekologiya bo‘limi mudirasi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (O‘zbekiston).

Mashg‘ulot mavzulari reproduktiv salomatlik, mastopatiya, onkologiya va akusherlik qon ketishlari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

Onlayn mashg‘ulotlarni tashkil etish loyiha uchun muhim bosqich bo‘ldi:

shifokorlar xalqaro tajriba va zamonaviy tibbiy yondashuvlarga ega bo‘ldilar;
ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida barqaror hamkorlik formati yaratildi;
ishtirokchilar olingan bilimlarning amaliy ahamiyatini ta’kidlab, kelgusida hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirdilar.
“Xalqaro Konsilium” loyihasi transchegaraviy aloqalarni yanada mustahkamlab, mintaqadagi dolzarb sog‘liqni saqlash muammolarini birgalikda hal eta oladigan professional shifokorlar hamjamiyatini shakllantirmoqda.

Boshqa yangiliklar

“Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi
2025-10-08

“Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi

“Xalqaro Konsilium” loyihasi O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlarini va NNTlarni, chegara hu...

O'qish
O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar
2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar

Xalqaro ekspertlardan ta’lim olganidan so‘ng, O‘zbekiston va Tojikistonning chegara hududlarid...

O'qish
Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.
2025-10-08

Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro konsilium” loyihasining muhim bosqichi yakunlandi. “Xal...

O'qish
Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди
2025-10-08

Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди

Қўқон шаҳридаги тез тиббий ёрдам шифохонасида замонав...

O'qish
Қўқон оилавий  поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди
2025-10-08

Қўқон оилавий поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди

Қўқон шаҳридаги поликлиникаларда беморларга қулайлик...

O'qish