Yangiliklar ro'yxatiga qaytish O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar 2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasidagi shifokorlar, seminarlar va media kampaniyalar

Shifokorlar mahalliy ayollar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida poliklinikalarda va mahallalarda ikki soatlik uchrashuvlar o‘tkazdilar. Mavzular chegara hududlarida yashovchi ayollar uchun eng dolzarb masalalardan kelib chiqib tanlandi.

Asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

reproduktiv salomatlik masalalari;
keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish;
muntazam tibbiy ko‘riklarning ahamiyati;
to‘g‘ri ovqatlanish va o‘z sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish;
ayollarning tinchlik o‘rnatish va jamiyat rivojidagi o‘rni.

Jami 364 nafar ayol va qizlar seminar ishtirokchisiga aylandilar. Bu raqam — shunchaki statistika emas, balki o‘nlab mahallalarni qamrab olgan jonli muloqotlar natijasidir. Ko‘plab ayollar ilk bor shifokorlar bilan bevosita gaplashish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun 400 ta bukletlar o‘zbek va tojik tillarida tayyorlanib tarqatildi. Eng qizig‘i shundaki, bukletlar shunchaki berilmadi — ular ishtirokchilardan ularning dugonalariga, qo‘shnilariga va qarindoshlariga tarqatish maqsadida berildi. Shu tariqa bilimlar tabiiy tarzda kengayib, ayollar “axborot targ‘ibotchilariga” aylandilar.

Ko‘plab ishtirokchilar bu uchrashuvlar o‘zlariga ishonch bag‘ishlaganini, sog‘liq haqida ochiq gapirish va o‘zlari hamda qizlari sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor berish odatini shakllantirganini ta’kidladilar.

Loyihaning ta’sirini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli media kampaniya ham yo‘lga qo‘yildi. Axborot materiallari “Muloqot TV” telekanali orqali efirga uzatildi. Bu kanal Farg‘ona vodiysini — ya’ni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududlarini qamrab oladi. Umumiy auditoriya 7 millionga yaqin tomoshabinni tashkil etdi.

Ma’lumotlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy yig‘inlar va seminarlarda ishtrok etgan faol ayollar orqali ham tarqatildi. Bundan tashqari, ayollarning jamiyatdagi roli va tinchlikni mustahkamlash mavzusida maxsus uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Seminarlarning ahamiyati
Mahalliy shifokorlarning obro‘si oshdi — endi ular nafaqat davolovchi mutaxassislar, balki jamiyat rahnamolari va ustozlari sifatida ham e’tirof etilmoqda.
Ayollar va qizlar sog‘liq masalalarida ko‘proq xabardor va ishonchli bo‘lib, bu bilimlarni boshqalar bilan bo‘lisha boshladilar.
Mahalliy darajada profilaktika va tinchlik o‘rnatish mavzulari ilk bor keng muhokamaga chiqdi.
Media kampaniya orqali loyihaning g‘oyalari millionlab odamlarga yetkazildi.

“Xalqaro Konsilium” loyihasi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni davom ettirmoqda. Loyiha shifokorlar, ayollar va OAVni birlashtirgan barqaror platforma sifatida sog‘lom va tinch jamiyat qurilishiga hissa qo‘shmoqda.

Boshqa yangiliklar

“Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi
2025-10-08

“Xalqaro Konsilium”: O‘zbekiston va Tojikistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiga start berildi

“Xalqaro Konsilium” loyihasi O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlarini va NNTlarni, chegara hu...

O'qish
O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar
2025-10-08

O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari “Xalqaro Konsilium” loyihasi doirasida onlayn mashg‘ulotlarni boshladilar

Tashkiliy konferensiyadan so‘ng, “Xalqaro Konsilium” loyihasi yangi bosqichni boshladi. Search...

O'qish
Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.
2025-10-08

Chegarasiz bilim: O‘zbekiston va Tojikiston shifokorlari xalqaro sertifikat oldi.

O‘zbekiston va Tojikistonda “Xalqaro konsilium” loyihasining muhim bosqichi yakunlandi. “Xal...

O'qish
Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди
2025-10-08

Қўқонда янги ангиография аппарати ишга туширилди

Қўқон шаҳридаги тез тиббий ёрдам шифохонасида замонав...

O'qish
Қўқон оилавий  поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди
2025-10-08

Қўқон оилавий поликлиникаларида рақамли навбат тизими жорий этилди

Қўқон шаҳридаги поликлиникаларда беморларга қулайлик...

O'qish